Oila dasturi
Oila
Ta'limni yanada qiziqarli va tinch qiluvchi onlayn ilovalar va resurslar.
Oila — inson tarbiyasining birlamchi maskani. Milliy qadriyatlar, zamonaviy tarbiya yondashuvlari va o‘zbek oilasining zamonaviy modeli haqida chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalar beruvchi ta`lim platformasi..
Qisqa, sokin audiolar bilan organish samaradorligini oshiring.
O‘zbek oilasi qadimdan mustahkam qadriyatlarga ega: hurmat, mehr-oqibat, kattalarga ehtirom, bolalarga mehribonlik, mehnatsevarlik va odob-axloq mezonlari. Ajdodlarimizdan meros bo‘lgan bu an`analar bugungi globallashuv davrida ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Zamonaviy o‘zbek oilasi esa milliy qadriyatlar bilan bir qatorda innovatsion fikrlash, psixologik savodxonlik, sog‘lom muloqot, mediaxavfsizlik va farzandlar tarbiyasida zamonaviy yondashuvlarni o‘zida mujassam etadi. Bu uyg‘unlik farzandlarning ma`naviy, intellektual va psixologik barkamol bo‘lib ulg‘ayishida muhim o‘rin tutadi.
Ushbu platforma sizga aynan shu yo‘nalishlarda: ma`naviyat, tarbiya, psixologiya, ota-ona madaniyati, bolalar bilan ishlash, oilaviy muloqot va media savodxonlik bo‘yicha amaliy va nazariy materiallarni taqdim etadi.
Telegram va Email orqali murojaat qiling: